MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR MEHNAT TARBIYASINING AHAMIYATI
Abstract
Maktabgacha yoshdagi bolalarning mehnat faoliyatlarini tashkil etish uchun ularga avvalo mehnat tarbiyasi berish kerak.
Mehnat tarbiyasi – har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishining muhim tamoyili. Mehnat tarbiya jarayonida shaxs rivojining bosh omili, dunyoni ijodiy o'zlashtirish, turli sohalardagi mehnat tajribalarini egallash usuli, umumiy ta'limning ajralmas qismi sifatida yuzaga chiqadi. Mehnat tarbiyasining asosiy vazifasi – maktabgacha yoshdagi bolalarni mehnat jarayonlari, vositalari, predmetlari haqidagi bilimlar, ishlab chiqarish mehnatini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan umummehnat va maxsus ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish. Bundan tashqari mehnat tarbiyasi quyidagi vazifalarni hal qiladi: mehnatga samimiy munosabatni; mehnatga qiziqishni, chin dildan bajarilgan vazifadan zavqlanish hissini va mehnatga oid bilimlarni amaliyotda qo'llashni; mehnatdagi intizomlilikni tarbiyalash.