MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDA O’YINLARNING AHAMIYATI
Abstract
Inson dunyodagi eng murakkab yaratiqlardan biri hisoblanadi. Bolaning homila paytidan to tug’ilishigacha bo’lgan jarayon boshqa jonzotlar bilan qiyoslanganda ham ba’zilari bilan umumiylik holati bo’lsa-da, lekin o’zigagina xos bo’lgan tomonlari anchagina. Hayvonlarda tug’ilish jarayonidan so’ng mustaqil hayotga qadam qo’yish juda tezlik bilan amalga oshadi. Ular qisqa vaqt ichida tashqi muhitga moslashib oladilar. Insonlarda bu jarayon nisbatan sekinlik bilan ro’y beradi. Bola tug’ilgach, 3 yoshgacha to’liq ona nazorati ostida, barcha ishlarda uning ko’magiga muhtoj bo’ladi. Biroq aqliy tafakkurining rivojlanishi juda erta boshlanadigan jarayondir. Ilm-fanning keyingi xulosalariga qaraganda bolaning aqliy tafakkuri 3 yoshgacha to’liq shakllanib bo’lar ekan. Demak,bundan ota-ona bolaning tarbiyasi va ta’limiga e’tiborni tug’ilishidan boshlashlari kerak, degan xulosa kelib chiqadi. Bolaning ham jismoniy, ham aqliy rivojlanishi nafaqat ota-ona uchun, balki jamiyat, davlat uchun eng muhim masalardan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan so’nggi yillarda mamlakatimizda maktabgacha ta’lim sohasiga alohida e’tibor berilayotgani quvonarli holdir.