ZAMONAVIY MENEJER MODELINI YARATISH
Abstract
Bugungi kunda hayotimizga shiddat bilan kirib kelgan yangi raqamli texnologiyalar ham atrofimizdagi hamma narsani – biznes jarayonlarini, biznes modellarini, boshqaruv tuzilmalarini tez o‘zgartirmoqda. Lekin asosiysi shundaki, ular yangi menejerlarni, fan-texnika taraqqiyotining yangi bosqichiga mos keladigan zamonaviy boshqaruv kompetensiyalariga ega yangi menejerlarni talab qiladi.Bu sohadagi yutuqlarga erishishning eng qulay yo‘li tashkilot rahbarining uzluksiz istiqbolga erishish rejalarini amalga oshirish sharoitlarini ta’minlab berishi hisoblanadi. Ushbu ishlar bilan aynan tashkilot menejeri shug‘ullanadi. Ilm-fan va ishlab chiqarishning innovatsiyaga aylanib borayotgan hozirgi globallashuv davrida boshqaruvning har qanday turi yoki tipidagi menejerlar, menejer novatorlarga aylanishini zamonamiz talab qilmoqda. Chunki kechagi yangi texnologiya o‘z muddatini o‘tamasdanoq bugunning eskisi hisoblanmoqda.