PEDAGOGIKA INSTITUTLARI TALABALARI UCHUN ELEKTRON AXBOROT TA’LIM RESURSLARINI YARATISHNING DIDAKTIK TAMOYILLARI
Keywords:
Zamonaviy ta’lim, axborotlashtirish, pedagogika instituti, elektron adabiyotlar, didatika, axborot resurslari, talabalarAbstract
Globallashuv jarayonida ta’limni tashkil etishda tezkorlik va sifat ko‘rsatkichlariga erishish muhim ahamiyatga ega. Zero, axborot oqimi tobora shiddatli tus olayotgan ayni vaziyatda OTM pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchilarini zarur bilimlar bilan qurollantira olishga erishish har bir pedagogning kasbiy kompetentligini belgilovchi asosiy mezonlardan biri sanaladi. O‘quv jarayonining didaktik imkoniyatlari “pedagog-tinglovchi” yoki “tinglovchi-pedagog” tamoyili asosida tinglovchilar tomonidan o‘quv materiallarining nazariy hamda amaliy jihatdan samarali o‘zlashtirish imkonini beradi. Ushbu tezislar, taʼlim jarayonida qoʻllaniladigan zamonaviy metodlar, axborot resurslari, shuningdek, elektron adabiyotlardan foydalanish va ularni yaratish mobaynida didaktik tamoyillarning oʻrni haqidagi maʼlumotlar yig'ilib tahlil qilinadi.